Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mukammal ta’mirlanish jarayonida bo‘lgan Qo‘shrabot tumanidagi 784 o‘rinli 82-maktabdagi holat bilan tanishar ekanmiz, bu savol bot-bot xayolimizga keldi.
10 avgust, juma kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov an’anaga ko‘ra, tadbirkorlarni qabul qildi. Unda sub’ektlar ishlab chiqarish rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolar, faoliyatda uchrayotgan kamchiliklarni bildirdilar.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha departament xodimlari Samarqand viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga yordam berishga uringan bir guruh shaxslarni — «bunker»ni fosh etib, ularni qo‘lga oldi.
Samarqandda Turkiyadan noqonuniy ravishda tilla buyumlar olib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqida «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
– Farzandimga pasport to‘g‘rilash maqsadida Samarqand shahridagi 8-son IIB Migrasiya fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga borsam farzandingizni olib keling deydi. O‘g‘lim bolalikdan bolalar bosh miya falaji, surunkali tutqanoq xuruji bilan kasallangan. O‘g‘lim bolalikdan nogiron ekanligini, yura olmasligini tushuntirdim. Hatto rasmini ham ko‘rsatdim. Ammo ular meni tushunishmadi, — deydi Ra’no Quldosheva.
Samarqand xalqaro aeroportiga «Istanbul-Samarqand» reysi bilan uchib kelgan fuqaro X.O. yashil yo‘lak orqali o‘tar ekan, belgilangan normalardan ortiqcha salkam 60 gramm tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgani fosh bo‘ldi.
SamDU o‘qituvchisi abituriyentdan 12 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand IIB matbuot xizmatiga tayanib, «daryo.uz» xabar bermoqda.
Bugun yurtimiz dehqon bozorlariga kirgan kishi yilning to‘rt faslida ham bozor peshtaxtalari sadafdek terilgan sarxil ranglardagi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari bilan to‘la ekanligining guvohi bo‘ladi. Ayni paytda esa, yoz fasli o‘z tarovati va saxovatini namoyon etmoqda.
O‘ktam bobo kelini Salomatni (ismlar o‘zgartirilgan) yoqtirmaydi. Bunga sabab ko‘p. To‘g‘ri, o‘g‘lini orzu-havas bilan uylantirgandi. "Baxtli bo‘lsin", deb duolar qilgan. O‘g‘li va kelini uch farzandli bo‘lgach, yangi imorat qurib, ro‘zg‘orini ajratib qo‘ydi.
Samarqandda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlarining barchasi Ro‘dakiy va Dahbet ko‘chalari kesishmasida, bir-biriga yaqin joylashgan 5 ta binoda bo‘lib o‘tmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan, 64-sonli alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tungi tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlagan Sherzod Ochilovga nisbatan Samarqand shahar prokuraturasining «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi.