Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandlik tadbirkorni qanday muammo qiynamoqda?

Samarqandlik tadbirkorni qanday muammo qiynamoqda?

 10 avgust, juma kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov an’anaga ko‘ra, tadbirkorlarni qabul qildi. Unda sub’ektlar ishlab chiqarish rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolar, faoliyatda uchrayotgan kamchiliklarni bildirdilar.

Murojaatlarning aksariyati qurilish, kadastr, yangi g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘lsa, eng ko‘p murojaat yer ajratilishi va bankdan kredit berilishi haqida edi.

– Biz turizm yo‘nalishidagi faoliyatimizni rivojlantirish, mehmonxonani ta’mirlash va sayyohlarga xizmat sifatini oshirish maqsadida "O‘zsanoatqurilishbank"dan 3 milliard so‘m kredit olishni rejalashtirgandik, – deydi "Rayhon tur biznes" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Umida Soliyeva. – Ammo barcha zaruriy hujjatlarni taqdim etishimizga qaramasdan 5 oydan buyon bizga mablag‘ ajratilmayapti. Avval bu boradagi murojaatimiz natijasiz qolgandi. Shu sabab bugungi qabulga kelishga majbur bo‘ldik. Bu yerda murojaatimiz o‘rganib chiqilib, tez kunda kredit ajratilishi prokuror nazoratiga olindi.

– Aslida tadbirkor ko‘makchi deb bilgan moliya muassasalari ishbilarmonning rejasi hayotga tatbiq etilishiga to‘siq bo‘lmoqda, – dedi E.Turdimov. – Bunday mas’uliyatni his qilmaydigan, zamon shiddatini tushunmaydigan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘sholmaydigan rahbarlarga nisbatan chora ko‘rish vaqti yetdi. Jumladan, tadbirkorni sarson qilgan moliya muassasalariga nisbatan ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazorat tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Uchrashuvda yer so‘rab murojaat qiluvchilarga sug‘oriladigan va ball boniteti yuqori bo‘lgan maydonlardan bosh¬qa maqsadlarda foydalanish uchun yer berish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun va bino qurishga ruxsat berish bo‘yicha murojaatlar rad etilishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 18:19 11.08.2018. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!