Aholining shifokor qabulida navbat kutib qolishi, kasallik tarixi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish bilan bog‘liq ortiqcha vaqt yo‘qotishlarning oldini olishga qaratilgan «Klinik.uz» dasturi yaratildi, deb yozadi O‘zA.
Shahrisabz tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga iste’molchi Shahrisabz tuman “Xitoy” MFY, Xitoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sirojiddin Umarov ariza bilan murojaat qildi.
16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi, deya xabar qildi juma kuni «Gazeta.uz"ning vaziyatdan xabardor bo‘lgan axborot manbasi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda u qarindoshlarinikida.
Jahon merosi qo‘mitasining iyun oyi oxirida o‘tadigan yig‘ilishida Shahrisabzni YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatidan chiqarish masalasi muhokama etiladi. Bu haqda “Gazeta uz” nashriga germaniyalik mutaxasis Yens Yordan ma’lum qildi.
O‘zbekistonning oddiy fuqarosi, maktab direktori, deputat o‘zi uchun tilla soat, yangi avtomashina, hovli-joy yoki yer so‘rayotgani yo‘q. O‘zi rahbarlik qilayotgan maktab uchun jonini “xavf” ostiga qo‘ymoqda.
15 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.P. uyida bojasi YU.M. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilish asnosida mojaroga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qashqadaryoda rangli metallni noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketishga urinish holatlari fosh etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Kitob tumani hududi hayratlanarli tabiiy yodgorliklar bilan birga Hazrati Bashir, Mavlono Xojagi Imkanagiy, Xoja Sayyid Ne’matulloh, Shayx Shamsiddin, Junaydulloh, Islom shayx o‘g‘li Hoziq, Abdurahmon Hisoriy kabi allomalar, Xiromiy, Abdulla shoir singari nazm ustalari mangu qo‘nim topgan tarixiy qadamjolarga boyligi bilan ajralib turadi.
Qashqadaryo viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama ijtimoiy himoyalashga, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishga, kichik yoshdan nogiron bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qashqadaryoning Kitob tumanida istiqomat qiluvchi 24 yoshli Latofat Rahimova mahalliy milisiya bo‘limiga yaqinlari bilan tashrif buyurgan va natijada uni milisiya ofiseri shafqatsizlarcha kaltaklagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining Odam savdosiga va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol yaqinlari tomonidan kutib olindi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 3 iyun kuni ro‘y bergan YTHda ota-bola halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.