AQSh prezidenti Donald Tramp davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xizer Nauertni AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Vashingtondagi kafedral soborda katta Jorj Bush bilan vidolashish marosimi vaqtida Donald Tramp Barak Obama va uning rafiqasining qo‘lini siqdi, biroq Klintonlar oilasiga e’tibor ham bermadi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, agarda Ukraina hukumati mamlakatdagi prezidentlik saylovlarini kechiktirsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozonadi.
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin AQSh birinchi xonimi Melanya Trampni “Katta yigirmatalik” sammitidagi harakati sabab ayrim jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga tushgan vaziyatdan “qutqardi”.
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga «nimani istasa, shuni muhayyo qilishini» va’da qildi. Bu haqda Yonhap nashri xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gollivudda suratga olingan “Xanter Killer” jangari filmidagi voqealarning yuz berishi mumkinligiga shubha bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning The Trump Organization kompaniyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moskvada qurilishi rejalashtirilgan «Tramp-Tauer» binosidan pentxaus (binoning eng yuqori qavatida joylashgan koshonasifat xonadon) sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning brifingda ta’kidlashicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi dekabrga belgilangan Katta yigirmalik sammiti doirasidagi uchrashuvini bekor qiladi.
Iisus Iosifovich Xristos ismli moskvalik erkak Aleksandrskiy bog‘ida to‘polon ko‘tardi va Rossiya prezidenti xonasiga bostirib kirishga urindi, deb yozadi TJournal.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 77 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qaror imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan “Katta yigirmatalik” sammiti vaqtida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilishi mumkin.