Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp Putin bilan uchrashuvni bekor qildi​

A A A
Donald Tramp Putin bilan uchrashuvni bekor qildi​

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning brifingda ta’kidlashicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi dekabrga belgilangan Katta yigirmalik sammiti doirasidagi uchrashuvini bekor qiladi.

Kotibning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Argentinaga parvozi chog‘ida davlat kotibi Maykl Pompeo, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jon Bolton va Oq uy ma’muriyati rahbari Jon Kelli bilan maslahatlashganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘zining "Twitter"dagi sahifasida Kerch bo‘g‘ozidagi voqealar sabab Putin bilan uchrashuvini bekor qilishini yozgandi.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 11:15 30.11.2018. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik