Xabarni eshitgan ayolning dovdirab qolganini bilgan G‘iyosxon gap orasida o‘zining viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi ekanligini qistirib o‘tadi va holatni o‘nglash mumkinligiga ishora qiladi.
Jaynoq mushtumzo‘r bo‘lib ulg‘aydi. Har ishni kuch bilan hal etishga intilgani, spirtli ichimlik ta’sirida yurishni xush ko‘rgani sabab qishloqdoshlari uni ko‘rsa chetlab o‘tadigan bo‘ldi. Yigitni yaqinlari to‘g‘ri yo‘lga sola olishmadi. Ulg‘aysa, uylansa bosilishiga umid qildi.
24 iyul kuni soat 14:01 da Jizzax shahar Oqqo‘rg‘onlik mahallasi F. Yusupov ko‘chasi 68-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlarida tayinlovlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda hayotimizni o‘rin-ko‘rpa, paxmoq sochiq, xalat va pardalarsiz tasavvur qilish qiyin. Har bir inson ularga ega va ular biz uchun endi imkonsiz narsa emas.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida 20 iyul kuni ro‘y bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Jizzaxda haydovchiga ko‘maklashgan talonchilar uning pullarini o‘marib ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida 20 iyul kuni ro‘y bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
19 iyul kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga telefon orqali murojaat qilib, qo‘shnisi E.S.ning uyiga 4 nafar noma’lum shaxs kelib, ularni tinchligini buzayotganligini ma’lum qilgan.
2018 yil 9 iyul kuni Jizzax viloyatining Yangiobod tumani, Ziyokor ko‘chasida yashovchi fuqaro N.Tursunboyev Bosh prokuraturaning «Ishonch telefoni»ga murojaat qilib, Yangiobod tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonov o‘g‘li S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muqaddam 2 marotaba fohishaxona tashkil qilib sudlangan ayol uchinchi marta qo‘shmachilik qilgani uchun sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi «Daryo»ga xabar berdi.
Maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarligiga tayinlangan o‘qituvchidan XTB mudiriga deya 100 AQSh dollari talab qilindi.