Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda haydovchiga ko‘maklashgan talonchilar uning pullarini o‘marib ketishdi

A A A
Jizzaxda haydovchiga ko‘maklashgan talonchilar uning pullarini o‘marib ketishdi

Jizzaxda haydovchiga ko‘maklashgan talonchilar uning pullarini o‘marib ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 17 iyul kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 11 iyul kuni boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan Lolazor mahallasi hududida ketayotgan mahal beton ariqqa tushib ketganligini va shu yerdan o‘tib ketayotgan A.E. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini to‘xtatganida uning yo‘lovchilari Z.A., G‘.X. va D.U.lar avtomashinani ariqdan chiqarib berib, yo‘l ko‘rsatib yuborishlarini aytib, Beruniy MFY hududiga yetib kelganlarida M.A.ni chalg‘iganligidan foydalanib, uning 3.780.000 so‘m puli va avtomashinasining ehtiyot qismlarini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

 

Kiritildi: 09:44 23.07.2018. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik