Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tuluzadagi harbiy bazaga tashrifi chog‘ida parashyutdan sakrab ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda Depeche du Midi nashri xabar tarqatgan.
Payshanba kuni Fransiyadagi Lion universiteti binolaridan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda La Plume Libre Twitter sahifasida xabar qildi.
Vouchercloud portali tadqiqotchilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ darajasi va maktablardagi o‘zlashtirish hisobga olindi.
Fransiya poytaxtining Treviz ko‘chasida joylashgan non do‘konida mahalliy vaqt soat 9 da portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Yaqinda Braziliyada dam olayotgan Neymarning yangi soch turmagi ijtimoiy tarmoqlarda ancha shov-shuv bo‘lgandi.
Parijdagi Opera maydonida «sariq nimchalilar»ning referendum o‘tkazish talabi bilan uyushtirgan norozilik namoyishi yakuniga yetgach, ular Sen-Lazar vokzali tomon o‘tkazilmadi. Shundan so‘ng, «Kommersant’» xabariga ko‘ra, namoyishchilar polisiya bilan mushtlashishni boshlagan. Bu vaqtda namoyishchilar safida 3 mingga yaqin odam bo‘lgan.
Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Parijda Xalqaro musulmonlar forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir Fransiya musulmonlar kengashi tomonidan tashkil etilgan birinchi tadbir bo‘lib, unda xorijiy davlatlar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Kuni kecha muftiy Usmonxon Alimov Parijga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar diniy idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jan-Iv le Drian Amerika prezidenti Donald Trampni Fransiyaning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Buyuk Britaniyada Brexit jarayoni bo‘yicha noaniqlik saqlanib qolmoqda.
Ukraina xavfsizlik xizmati Parijdagi norozilik namoyishlari aks etgan suratlarda Donesk xalq respublikasining bayrog‘ini ko‘targan ikki kishining suratiga e’tibor qaratdi.
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian AQSh prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslikni so‘radi, deb xabar qilmoqda Russia today.