Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Fan va texnika

Yaponiya mudofaa sohasida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi konsepsiyani taqdim etadi

Yaponiya mudofaa sohasida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi konsepsiyani taqdim etadi

Yaponiya Mudofaa vazirligi xavfsizlik sohasida, jumladan, mamlakat O‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi konsepsiya ishlab chiqadi. Yaponiya Mudofaa vazirligi xavfsizlik sohasida, jumladan, mamlakat O‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi konsepsiya ishlab chiqadi. Bu haqda TBS telekanali xabar bermoqda. Vazirlik rahbari Sindziro Koidzumining ma’lum qilishicha, Defense AI Vision deb nomlangan hujjat 2026 yil noyabr oyining oxirida taqdim etiladi. Unda mudofaa vazirligi va qurolli kuchlar faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etishning keyingi yo‘nalishlari belgilab beriladi. 2024 yilda Yaponiya Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy siyosatni tasdiqlagan edi. Biroq oktyabr oyida Koidzumi milliy xavfsizlik sohasidagi asosiy hujjatlar yangilanishi munosabati bilan ushbu siyosatni qayta ko‘rib chiqish niyati borligini ma’lum qildi. Mudofaa strategiyasi va boshqa tegishli hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi lavozimga kirishganidan so‘ng Bosh vazir Sanae Takaiti tomonidan ilgari surilgan. Ushbu ishlar 2026 yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Yaponiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, yangilangan hujjatlarda sun’iy intellektdan foydalanish va uchuvchisiz tizimlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kiritildi: 14:35 15.11.2026. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Avstraliya bosh vaziriga nima uchun telefonni shim cho‘ntagida olib yurmaslik kerakligi tushuntirildi

Avstraliyaning ikki yuqori martabali siyosatchisi o‘rtasidagi kulgili suhbat omma e’tiboriga tushdi va ijtimoiy tarmoqlarda tezda virusli tarqaldi.

Kiritildi: 14:05 15.11.2026. O'qildi: 1759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Tramp AQSh aviasiya tizimidagi yirik uzilishni eskirgan uskunalar bilan izohladi

Tramp, shuningdek, ushbu hodisa kiberhujum yoki sun’iy intellektga aloqador bo‘lishi ehtimoli juda kamligini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:29 14.11.2026. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Tesla va SpaceX dekabr oyida birlashmoqchi

Kompaniyalar direktorlar kengashlari birlashish shartlari va birlashgan kompaniyaning boshqaruv tuzilmasini kelishib olmoqda.

Kiritildi: 23:45 13.11.2026. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Janubiy Koreyada 276 million dollarlik superkompyuter ishga tushdi

Hangang superkompyuterining maksimal hisoblash quvvati 614,7 petaflopsni yoki sekundiga 614,7 kvadrillion operasiyani tashkil etadi.

Kiritildi: 23:08 13.11.2026. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Sun’iy intellektni nazorat qilish tobora qiyinlashmoqda

Barchasi GPT-6 Astra’dan boshlandi: u sinovlarda o‘zini kuzatishayotganini payqagach, fikrlash zanjirini yashira boshlagan.

Kiritildi: 22:26 13.11.2026. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

"Jensen tajribasiz rahbarlarga xos xatoga yo‘l qo‘ydi..."

2014-yilda direktorlar kengashim meni lavozimimdan chetlatdi, chunki men xavfsizlik xizmatlari talablarini bajarishdan bosh tortgandim.

Kiritildi: 15:58 13.11.2026. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Tramp NVIDIA rahbari lavozimiga Tim Kuk nomzodini taklif qildi

Bu haqda AQSh yetakchisi o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida fikr bildirdi.

Kiritildi: 23:32 12.11.2026. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Rossiya NVIDIA’ning sobiq rahbari Jensen Xuangni ishga taklif qilmoqchi

Avvalroq, Nvidia aksiyalari bosh direktor Jensen Xuangning iste’foga chiqishi haqidagi xabardan so‘ng tushib ketgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:12 12.11.2026. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Kallikka qarshi kurash! Ilm-fan siz uchun ikkita yutuqni taqdim etadi

Veradermics kompaniyasining kallikka qarshi tabletkasi barcha klinik sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Kiritildi: 22:02 12.11.2026. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Rossiya, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar APEC sammitida qanday masalalarni muhokama qilmoqchi?

Ukraina mojarosi hamda Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish masalalari hozircha ikkinchi darajali o‘ringa o‘tgan

Kiritildi: 21:51 12.11.2026. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Olimlar gipertoniyani davolashning yangi usulini topishdi

Buyuk britaniyalik olimlar yuqori qon bosimini davolash uchun yangi preparatning samaradorligini aniqlashdi.

Kiritildi: 16:33 09.11.2026. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.