AQSH, Rossiya va Iordaniya vakillarining Suriyaning harbiy rejim joriy etilmagan hududlaridagi vaziyatni muhokama qilish maqsadidagi uchrashuvi Ummon davlatida bo‘lib o‘tadi.
Mana 17 yildirki AQSh Afg‘oniston hududida harbiy amaliyotlar olib boradi. NATO boshqaruvidagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari mamlakatda BMT Xavfsizlik Kengashining 2001 yil 20 dekabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq harakatlanadi.
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning tvitterda ma’lum qilishicha, mamlakat AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to‘lamaydi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 3 iyundan 8 sentyabrga qadar Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass uchun minimal tariflarni pasaytiradi. Bu haqda "Sputnik" xabar berdi.
AQSh hukumati Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llamaslikka qaror qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar tarqatgan.
Polsha hukumati AQShning tank diviziyasini mamlakatiga kiritishga qarshi emasligini bildirib o‘tdi.
Amerikalik harbiylar yorug‘lik tezligidan ham tezroq parvoz qila olish imkoniga ega bo‘lgan varp-dvigatel bilan jihozlangan kosmik kemalar yaratish mumkinligini nazariy jihatdan isbotlab berishdi. Buning uchun koinot kengayishida ishtirok etgan qora energiyadan foydalanish lozim.
AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush qon bosimi tushib ketgani va charchoqni his qilgani ortidan Men shtatidagi kasalxonaga yotqizildi.
Amazon va Blue Origin kompaniyalari rahbari Jeff Bezos 2020 yilgacha orbitaga ko‘p marta ishlatiluvchi New Glenn kemalarini uchirmoqchi.
Shimoliy Karolina shtatida yashovchi, ayni paytda pensiyadagi o‘qituvchi ayol Ivonn Meyson Oq uydan kelgan xatlardan topgan xatolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda «xabar.uz» xabar bergan.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvida, agar tomonlar kelisholsa, qatnashishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Rossiya senatori, Federasiya Kengashining xalqaro aloqalar qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev AQSh sanktsiyalarining ro‘yxatiga kiritilgani sababli Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining majlisida qatnasha olmadi, deya xabar berdi “TASS”.