Hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berishicha, ayni damda kompaniya tomonidan Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilmoqda.
AQShning Nyu-Meksiko shtatida maktablarda ommaviy otishmalar uyushtirish uchun tayyorlanayotgan 11 nafar bola qutqarildi. Prokuratura bolalarni ro‘yxatdan o‘tmagan merganlik bazasida ushlab turgan erkakka shunday ayblov e’lon qilgan.
Kecha, 8 avgust sanasida «Atletik Bilbao» klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Londonning «Chelsi» klubida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining birinchi yarim yillik faoliyati tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda buloqboshilik dehqonlarning boshi qotgan. Sababi, kech kuzda “yig‘im-terimdan yaxshi daromad olamiz” deya ne-ne umidlar bilan yerga urug‘ ekkan dehqonlar foyda tugul, ekin parvarishi uchun sarflagan mablag‘iga kuyib qolyapti.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan hafta avtomobil yo‘llarida jami 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda ushbu hodisalarda 44 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.
Qirollik hukumati Eron bilan diplomatik aloqalar yomonlashganidan so‘ng birincha marta diplomatik viza berishga rozi bo‘ldi, deya IRNA agentligi xabar beradi. Ammo hali bu xabarga Saudiya Arabistoni tomonidan sharh berilmagan.
U doka ro‘molning qurishi emas ekan. Toshkent tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday janjallarning biri o‘lim bilan yakunlandi.
Avvalroq, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmat joriy yilning 17-18 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
"The Mirror" nashrining xabar berishicha, mashhur "Ko‘k kit"ning davomchisi deya atalayotgan “MOMO” deb nomlangan o‘yin tarmoqda ommalashib bormoqda.