O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Respublika patoanatom markazi direktori, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdullaxo‘jayeva Malika Samatovna 86 yoshida vafot etdi.
Bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat’iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 23 iyun, shanba kuni Samarqandga tashrifi vaqtida shaharning bir muddat avval qurilish ishlari olib borilgan tarixiy qismlarini borib o‘rgangan, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida, 20 iyun kuni Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov boshchiligidagi yangi rahbariyat ishtirokida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
21 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Daryo» muxbiri Sevara Nishonova ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida DXX organlari tomonidan dunyoning ko‘plab mamlakatlari, Rossiya Federasiyasi va AQShda terroristik tashkilot sifatida tan olingan “O‘zbekiston islom harakati” faoliyatiga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan, 1972 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan, 2014 yilda AQSh fuqaroligini olgan Aliyev Zokir Abdullayevich qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kitob tumani hududi hayratlanarli tabiiy yodgorliklar bilan birga Hazrati Bashir, Mavlono Xojagi Imkanagiy, Xoja Sayyid Ne’matulloh, Shayx Shamsiddin, Junaydulloh, Islom shayx o‘g‘li Hoziq, Abdurahmon Hisoriy kabi allomalar, Xiromiy, Abdulla shoir singari nazm ustalari mangu qo‘nim topgan tarixiy qadamjolarga boyligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi.
O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi, deb xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.
9 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan ozod etilgan. U jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida qoralovchi prokuror sifatida faoliyat ko‘rsatgan edi.
Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzuida ma’naviyat soati tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.