Moskva markazida piyodalarni urib yuborgan taksichi Chingiz Anarbek o‘g‘li Moskvaning Taganka tuman sudida qilgan ishidan tavba qilayotganini aytdi. Sudda taksichiga nisbatan ehtiyot chorasi belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘FA birinchi vise-prezidenti yil bo‘yi zaxirada o‘tiradigan futbolchiga 400 million, yoshi 35 ga yetgan futbolchiga 800 millionlab ko‘tarma puli berilganini aytib berdi.
Indoneziya g‘arbida qayiqning cho‘kishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
2017 yilda uchinchi davlatlardan 728 mingdan ko‘proq odam Yevropa ittifoqi davlatlarida va ittifoq bilan uyushgan Norvegiya hamda Shveysariyada boshpana so‘ragan. Bu haqda 18 iyunda Yevropaning boshpana taqdim qilish bo‘yicha idorasi EASO ma’lum qildi.
O‘zbekiston 27 mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ushbu qo‘shni mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan xatti-harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Falastinlik 18 yoshli Hasan at-Tamimiy ko‘rish qobiliyatini butkul yo‘qotganidan keyingina Isroil qamoqxonasidan chiqarildi. Bu haqda “Anado‘lu” agentligi xabar bermoqda.
IKAO – xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, BMTga a’zo 193 davlat ayni paytda biometrik yoki elektron pasport ustida ish olib bormoqda.
Ommaviy axborot vositalari Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida yashin urishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani, ko‘plab kishilar jarohatlangani haqida xabar qildi.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida 11-sinf o‘quvchisini zo‘rlashda gumonlangan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda “Kabar” nashri xabar berdi.
Jahon chempionatining "G" guruhida bahslar boshlanish arafasida.
Jahon chempionatining "F" guruhidan o‘rin olgan 1-tur bahsi yakuniga yetdi. Shvesiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda qit’adoshlarimiz mag‘lub bo‘lishdi.
2014 yilda meksikalik besh do‘st - Fernando, Matye, ikkita Daniel va Xavyer Braziliyada bo‘lgan JChga borganlar.
18 iyun kuni poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan «Go‘zallik hokimiyati» Respublika kosmetologlari huquqlarini himoya qilish assosiasiyasi tomonidan seminar tashkil etildi.
Men o‘tgan yili 7 million so‘m kredit olgan edim.
Sportga katta qiziqish va hurmat bilan qaraydigan biznesmen (Alisher Usmonov) bugun yirik madaniyat, san’at va sport xomiysi,
“Ober” poyezd bekatida o‘g‘il bola chaqaloq dunyoga keldi.
Afg‘onistonning Nangarxax viloyatida xudkush-terrorchi tomonidan portlash amalga oshirildi, deb xabar berdi Vesti ru nashri.
Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati avjiga chiqqan paytda mamlakatda boshqa bir mavzu katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni xorijdan kelgan mehmonlar bilan rossiyalik ayollarning ishqiy munosabatlar o‘rnatishi taqiqlanayotganligi shu muhokamani keltirib chiqargan.
AQShda chop etiladigan va qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmonchilik sohasida dunyoda yetakchi ilmiy nashr hisoblangan “Agriculture and Forestry” xalqaro ilmiy-tahliliy jurnalida “Paxta to‘qimachilik klasteri ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovasion hamkorligi bazasi sifatida” sarlavhali maqola chop etildi.
Suriya hukumati Rossiya va Eron bilan maslahatlashganidan keyin Konstitusiya komissiyasi a’zoligiga 50 nomzodning ro‘yxatini taqdim etdi va xuddi shunday ro‘yxatni muxolifatdan ham kutmoqda. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ma’lum qildi.
Orolda uyg‘ongan yangi vulqondan otilib chiqayotgan lava yovvoyi tabiat uchun xavfli ekanligi xabar qilinmoqda. Milliy bog‘dagi o‘simliklar hamda jonivorlar qirilib ketishi mumkin. Vulqon og‘zidan ko‘tarilayotgan tutun atrofga zaharli havoni tarqashiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa insonlar salomatligi uchun ham zararlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gollandiya janubida o‘tkazilayotgan musiqiy festivalda kichik avtobus tomoshabinlar ustiga yurib ketdi. Voqeada bir kishi halok bo‘lgan va ikki kishi jarohatlangan.
Uzoq yillar mobaynida Samarqandning “Dinamo” jamoasi safida to‘p surgan futbolchi Sirojiddin Sayfiyev O‘FAga klubning undan moliyaviy qarzdorligi bor ekani xususida murojaat qilgan edi.
Bir masala ko‘p sonli fermerlarimizning boshini gangitib qo‘ymoqda. Gap shundaki, 2017 yil 4 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Innovasion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 693-son qarori qabul qilingan edi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev Facebook’da.
Qashqadaryoda rangli metallni noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketishga urinish holatlari fosh etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Yapon madaniyatida liftga navbat bilan kirish ham odamlar zimmasiga ma’lum majburiyatlarni qo‘yadi. Shu sababli yaponlarda bunday mayda narsalarda ham tartib va uyg‘unlik bor hamda har bir kishi o‘z roli va o‘rnini biladi.
AQSh Davlat departamenti Rossiya qurol-yarog‘i bilan bog‘liq bitimlarni kuzatib borish bo‘yicha ishni o‘z bo‘yniga oladigan pudratchini topish haqida qaror qabul qildi. Tanlov shartlari haqidagi ma’lumot davlat grantlari rasmiy portalida paydo bo‘lgan.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ Samarqand viloyat filiali Urgut tumanidan Samarqand shahriga jo‘natilgan 800 ming so‘m pulni berish uchun mijozini bir hafta ovora qilgan. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi xabar bermoqda.
Suriyalik kurdlar Suriya va Iroq chegarasidagi Al-Hasake rayonini “Islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhi boshqaruvidan ozod qildilar.