Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgan

A A A
O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgan

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hukumati, AQSh vakillari, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga a’zo davlatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari vakillari bilan qator maslahat uchrashuvlari va muzokaralarni o‘tkazdi.

«Shu bilan bir qatorda, Toshkent konferensiyasi ishtirokchilari pozisiyasini birlashtirishni amalga oshirish maqsadida o‘zbek tomoni «Tolibon» harakatining yuqori darajali vakillari bilan tegishli aloqalarni o‘rnatib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatlik tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish va uni iqtisodiy rivojlantirish uchun muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», — deya qayd etiladi bayonotda.

Ramazon Hayiti munosabati bilan Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida o‘t ochishni o‘zaro to‘xtatish to‘g‘risida sulhga erishilgan edi. O‘zbekiston bu qarorni olqishlagan.

«O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganini olqishlaydi. O‘zbek tomoni mazkur sulh Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi muddatini uzaytirish haqida e’lon qilgani ortidan muddatsiz davom etishiga umid bildiradi», — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston o‘z hududida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:35 18.06.2018. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik