...
Toshkent shahrida joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Mustaqil yurt hunarmandlari» deb nomlangan xalq badiiy hunarmandligi va amaliy san’ati mahsulotlarining an’anaviy X ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Navoiy viloyati moliya va g‘aznachilik organlari rahbarlari byudjet tashkilotlari xodimlari oylik maoshlari va ta’til pullarini to‘lash jadvali bo‘yicha ortda qolishga yo‘l qo‘ygani uchun qat’iy ogohlantirildi.
2018 yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov boshchiligidagi delegasiya Ashxobod shahrida «Evropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo» shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qasamyod qildi va yana bir bor Turkiya prezidentligi lavozimiga kirishdi. Marosim Anqara shahridagi parlament binosida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Bugun, 9 iyun sanasida futbol bo‘yicha 2018 yilgi O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a marosimi Sport-TV’da jonli efirda namoyish etildi.
...
...
...
...
...
Kecha, 8 iyul kuni soat taxminan 17.30 da Shayxontohur tumani «Malika» savdo majmuasi hududida sotuvchi N.A. (1988 yilda tug‘ilgan) hamda xaridor A.SH. (1989 yilda tavallud topgan) o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
...
«O‘zbekfilm» davlat korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi va barcha aksiyalarni xarid qiladi, deb yozadi Spot.
S7 Airlines («Sibir») aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «Travel.ru» portali xabar berdi.
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsiy samolyoti deb hisoblanuvchi Chammae-1 samolyotini 9 iyul kuni Vladivostokda payqashdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
...
Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Pekindagi gilos eksportyori Chjao Syaoyu Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi sababli O‘zbekiston va Turkiyadan gilos importini yo‘lga qo‘yishga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi east-fruit.com portali.
Batumida o‘zbekistonlik ayol dugonasining farzandini urib o‘ldirib qo‘ydi va polisiyaga taslim bo‘ldi, deb yozadi “Gruziya Onlayn”.
Mashina daryodan topilgan, jasadni qidirish ishlari davom etmoqda.
Veterinarlar ilon po‘sti yangiligini va pitonning qorni och bo‘lishini ta’kidlagan. Ilon bir necha kundan beri qidirilyapti.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘ida yashovchi fuqaro X. Qo‘ldoshev tuman elektr ta’minoti korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib, xonadoniga qo‘shimcha 102070047144-abonent raqami ochilganligi va ushbu abonent raqam orqali 5 127 827 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi haqida yozgan arizasi G‘uzor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushdi.
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda shikastlangan chet el valyutasini muomalaga yaroqli, deb topish asoslari ham ko‘rsatilgan.
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 2 iyul kuni D.SH. ismli ayol IIBga firibgarlikka duch kelganiyuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida, Mevazor mahallasida yashovchi P.X. 7 iyul kuni mast holda qaynotasining uyida janjal ko‘tardi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xabaringiz bor, Respublika Bosh prokuraturasi 26 iyun kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, 2018 yil 25 iyun kuni soat 10:30 larda 27 yashar ayol A. beliga arqon bilan 2 nafar farzandini (7 yashar qiz va 3 yashar o‘g‘il) bog‘lab, o‘zini Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hududidan oqib o‘tgan «Shahrixonsoy» kanaliga tashlagan, ularni fuqaro B. va boshqalar suvdan chiqarib olgan.
11 iyul kuni Srebrenisada bundan 23 yil avval serblar tomonidan o‘ldirilgan 35 musulmon dafn etiladi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.
Arab davlatlarining yetakchilari Vashington imzolanishini istayotgan, “asr kelishuvi” nomini olgan, falastin-isroil munosabatlarini barqarorlashtirishni ko‘zda tutayotgan bitimga qarshi. Bu haqda Falastin rahbari Mahmud Abbos bayonot berdi, deyiladi “Anadolu” xabarida.
«O‘zbekkino» buyurtmasiga asosan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissyor Dilmurod Masaidov «Qo‘qon shamoli» nomli tarixiy filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik boshladi. Bu haqda film prodyuseri «Daryo» nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.