Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Vladivostokda Kim Chen Inning shaxsiy samolyotini payqashdi

A A A
Vladivostokda Kim Chen Inning shaxsiy samolyotini payqashdi

Flightradar 24 resursi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot 9 iyul kuni kunduzi Rossiya aeroportiga qo‘ngan va uch soatdan so‘ng Pxenyanga qaytib ketgan.

Chammae-1 bortida KXDR yetakchisi bo‘lgan-bo‘lmaganligi noma’lum. Yonhap manbalari Vladivostokka Kim Chen Inning Sharq iqtisodiy forumida ehtimoliy ishtirokiga tayyorgarlik uchun Shimoliy Koreya rasmiy shaxslari kelganligini taxmin qilmoqda. Forum sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

31 may kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDRga tashrifi davomida Shimoliy Koreya yetakchisiga Vladimir Putinning Rossiyaga tashrif buyurish haqidagi taklifini taqdim etgan edi. KXDR va Rossiya yetakchilari uchrashishi mumkin bo‘lgan joylardan biri Vladivostok ekanligi ma’lum qilingan edi. Shimoliy Koreya hozircha rasmiy javob qaytarmagan.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 21:24 09.07.2018. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik