Ushbu video orqali Munisa Rizayeva, Shohruhxon va uning ukasi, Shahzoda, Sardor Rahimxon, Asal Shodiyeva va Nilufar Usmonovalarning bolalikda qanday bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zigagina xos tarzda Afrika davlatlaridan Ispaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatishning usulini taklif qildi.
Kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
«Ma'rifat» gazetasi saytida nashr muxbirlari Xayrullo Abdurahmonov va Sharifa Madrahimovaning «Quva tumanidagi maktab hududi noqonuniy egallab olindi» nomli maqolasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova “Bu tog‘lar” qo‘shig‘iga klip suratga oldi...
Umumta’lim maktablarining direktorlari ta’lim dargohida korrupsiya illatlarini yo‘q qilish va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rishlari kerak. Bu haqda joriy yilning 17 sentyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va Toshkent shahar maktablari direktorlari bilan uchrashuvda ta’kidlandi.
Ruhshunosning o‘z kasbidan qing‘ir maqsadda foydalanganini eshitish g‘alati tuyularkan. Ammo taassufki, hayotda shunaqalari uchrab turarkan. Buxoro shahridagi 84-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ruhshunosi O. Z. ana shunday yo‘l tutdi.
Navoiy viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 nafar farzandi Germaniya Federativ Respublikasining “Friedensdorf international” xalqaro tashkiloti klinikalarida davolanib qaytdi.
Buxoro shahar "Talija" ko‘chasida yashovchi 63 yoshli Akrom Yusufaliyev shahar ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi.
Avstraliyadagi Woolworths supermarketlar tarmog‘i mevalar ichidan ignalar topilgani sababli mamlakatdagi barcha do‘konlarida igna sotishni to‘xtatdi. Bu haqda tarmoq vakiliga tayanib Sydney Morning Herald gazetasi xabar berdi.
Polisiya Angliyaning janubi-sharqidagi Ramsgit shahrida terrorchilik faoliyatida gumonlangan ikki o‘smirni qo‘lga oldi. Bu haqda Kent grafligi polisiyasi o‘z saytida xabar berdi.
Razzoqu zul jalol Xudoi taolo har bir mavjudotni xalq qilibdi, albatta uni o‘z rizqi bilan yaratgan.
Ummonlik millioner Britaniya sudini sobiq rafiqasiga to‘lashga puli yo‘qligiga ishontirmoqchi bo‘ldi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi, deb yozadi Metro.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati, Kogon shahar sudining 2018 yil 14 sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, Asqar Ravshanovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-modda 3-qismi “v” bandi bilan Jinoyat kodeksi 60-moddasiga muvofiq, 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ostona Ichki ishlar departamenti ayol kishining jasadini xo‘jalik sumkasiga joylashtirgan va uni bozor hududida qoldirgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb yozmoqda Bnews.
Erdan samogacha savob bo‘ladi, Munkar-Nakirlarga javob bo‘ladi, Boshdan oyoqqacha nurga to‘ladi, Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni, Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Hindistonning “Ishan Group Companies” kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kelishib olindi.
Samarqand viloyatining Narpay tumanida o‘zaro janjal vaqtida ayol o‘z turmush o‘rtog‘i ustidan qaynoq suv ag‘dardi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Odamlar sarosimada. Qutqaruv xizmati to‘liq safarbar qilingan.
Tojikistondan eksport qilinayotgan sementning 56 foizidan ko‘proq qismini O‘zbekiston sotib olmoqda, deya xabar beradi Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi.
O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi «O‘ztreyd» AJ va Sirdaryo hokimligi ko‘magida Singapurga qovunlar yetkazib berdi. Birinchi sinov partiyasi mamlakatdagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i - Mustafa’ga yuborildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga boradi. Mirziyoyevning Hindistonga ilk tashrifi joriy yilning 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Germaniya bilan ko‘pqirrali munosabatlarning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi J.Saidov va A.Ahmedov o‘tgan yilning fevral oyida aviakassa faoliyatini ochib, birgalikda yuritishga qaror qilishdi. Ammo ular bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma va lisenziya olishni xayoliga ham keltirmadi.
Majburiy ijro byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqaro A.Ahmedovning arizasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda MIBning Samarqand shahar bo‘limi matbuot xizmati «Daryo» ga xabar bermoqda.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2018 yil 17 sentyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 12 maydan 12 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro B.K. Jo‘nariq mahallasida fuqaro A.I. va B.R.ga 1 litr pista yog‘ini 1,08 AQSh dollaridan olib berishini aytadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Bank xizmatlarining ommabopligini oshirishda chakana xizmatlarning roli, ayniqsa, katta. Chunki ular mijozlar uchun juda qulay bo‘lib, vaqtni tejash barobarida, turli ovoragarchiliklarning oldini oladi.
AQShning Pensilvaniya shtatidagi qariyalar uyidan birida otishma sodir etildi.
19 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani IIB tomonidan X.X. ismli fuqaro firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi.