Razzoqu zul jalol Xudoi taolo har bir mavjudotni xalq qilibdi, albatta uni o‘z rizqi bilan yaratgan. Kimgadir kam, kimgadir ko‘p. Bu Parvardigori olamning hikmatidir. Nimaga unga ko‘p menga kam, nima uchun senga keng, unga tor deb aytib bo‘lmaydi, chunki Alloh taoloning ishiga aralashgan bo‘lamiz. Alloh taolo har bir bandasiga yaxshilikni xohlaydi, yengillikni istaydi, shuning uchun kimga qancha miqdorda rizq berilgan bo‘lsa, demak o‘shancha rizq miqdori u uchun xayrlidir.
وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مَخْرَجًا وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لا يَحْتَسِبُ
“Kim Alloh taologa taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur”
لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ فَلْيُنفِقْ مِمَّا آتَاهُ اللَّهُ لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَا آتَاهَا سَيَجْعَلُ اللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْرًا
“Boy kishi o‘z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda, Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O‘zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas. Alloh tanglik (kambag‘allik)dan keyin yengillik (boylik)ni ham paydo qilur”
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: “Uch narsaga qasam ichaman: 1. Bandaning moli sadaqa bilan nuqsonga uchramas. 2. Banda bir zulmga uchrasa-yu unga sabr qilsa, albatta, Alloh taolo uning izzatini ziyoda qilur. 3. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh taolo unga faqirlik eshigini ochar”.
Va yana dedilar: “Men sizlarga bir hadis aytaman, yodlab olinglar. Albatta dunyo 4 nafarnikidir, ya’ni dunyoda 4 xil toifali inson mavjud:
1. Bir bandaga Alloh taolo molini ham, ilmini ham rizq qilib bergan. U banda bu bilan Robbisiga taqvo qilur. Silai rahm qilur. Undagi berilgan rizqdan Alloh taoloning haqqini bilur. Bu eng afzal darajadir.
2. Bir bandaga Alloh taolo ilmni rizq qilib beradi-da, ammo molni rizq qilib bermaydi. U sof niyatli bo‘lib, agar molim bo‘lganida, falonchi saxiyning amalini qilar edim, deydi. U niyatiga yarash oladi. Ikkovlarining ajri barobar.
3. Bir bandaga Alloh taolo molni rizq qilib beradi, biroq ilm bermaydi. U ilmsizligi tufayli molini to‘g‘ri kelgan joyga sochadi. U bilan Parvardigoriga taqvo qilmaydi, ya’ni Xudodan qo‘rqmaydi. Silai rahm qilmaydi. Undagi berilgan rizqdan Alloh taoloning haqqini bilmaydi. Bu eng yomon darajadir.
4. Bir bandaga Alloh taolo molni ham, ilmni ham rizq qilib bermaydi. U esa, agar molim bo‘lganida edi, falonchining amalini qilar edim, ya’ni falonchi fosiqning ishini qilar edim, deydi. U niyatiga yarasha oladi. Ikkovlarining gunohi barobar”.
زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَالَّذِينَ اتَّقَواْ فَوْقَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَاللّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَاء بِغَيْرِ حِسَابٍ
“Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur”
قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- « مَنْ أَكْثَرَ مِنَ الاِسْتِغْفَارِ جَعَلَ اللَّهُ لَهُ مِنْ كُلِّ هَمٍّ فَرَجاً وَمِنْ كُلِّ ضِيقٍ مَخْرَجاً وَرَزَقَهُ مِنْ حَيْثُ لاَ يَحْتَسِبُ «
“Kim Alloh taologa ko‘p istig‘for aytsa, Xudoi taolo uni g‘amini ketkazib, rizqining torligini keng qilib qo‘yadi”.
عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : « من انقطع إلى الله كفاه الله مؤنته (1) ، ورزقه من حيث لا يحتسب ، ومن انقطع إلى الدنيا وكله الله إليها »
“Kim Alloh taolo tomoniga yursa, Alloh taolo uning yordamida bo‘ladi va rizqini o‘zi o‘ylamagan tomonidan beradi. Kim dunyoga moyil bo‘lib, u tomoniga yursa, dunyoni u bandaga sulton qilib qo‘yadi”.
“Zino kambag‘illikni meros qiladi”.
“Faqat yaxshilik qilish bilan umr ziyoda bo‘ladi. faqat duo bilan taqdir o‘zgaradi. Albatta inson gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi”.
Manba: azon.uz