Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 26 may, shanba kuni Pxanmunjom chegara punktida KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi S.Qurbonovaning uy-joy ajratib berilishida amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaatini ko‘rib chiqdi.
Germaniya hukumati juma kuni bergan bayonotga ko‘ra, 2018 yilning ilk choragida Islomga qarshi qilingan hujumlar uchun 157 marta jarima solingan. Bu hujumlarning 10 tasi masjidlarga qilingan.
Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 23-24 may kunlari yog‘gan qor sababli Issiqko‘l viloyatida 364 ta qo‘y-qo‘zi va boshqa chorva nobud bo‘lgan.
Hindistonlik taniqli xonanda Arko Pravo Maxerji O‘zbekistonda klip suratga oldi.
Ramazon – oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo‘lib kelgan va hamisha shunday bo‘lib qoladi.
Toshkent shahar IIBBning poytaxt aholisi va mehmonlariga qilgan murojaatida keltirilishicha, IIBBning Migrasiya hamda fuqarolarni ro‘yxatga olish boshqarmasi hamda uning joylardagi bo‘limlari bugundan boshlab soat 08:00dan o‘z faoliyatini yurita boshlaydi.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Prezidentining faoliyati, o‘zbekistonliklarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, hukuqiy va siyosiy sohalardagi islohotlarga munosabatini, aholining davlat rahbariga ishonchi reytingini hamda Prezident tomonidan o‘tkazilayotgan tashqi va ichki siyosatni qo‘llab-quvvatlashlarini aniqlash maqsadida 2018 yilning 18–21-may kunlari jamoatchilik fikri o‘rganildi.
"Nihol" mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora bugun, 26 may kuni ikkinchi bor ota-onalik baxtiga musharraf bo‘ldilar.
Shu yilning 29 may kuni Toshkentda Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti taqdimotining loyihasi tanishtiriladi.
Toshkentda 6 nafar talonchi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun “Real” va “Liverpul” YECHL finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Loyihamizning bu galgi qismida internetga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rdik.
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda VI Yevropa kinosi festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Ushbu mavsumda Umra va Haj ziyoratini amalga oshirishni maqsad qilgan ziyoratchilar uchun Xaram masjidida elektr toki yordamida harakatlanuvchi mashinalar joylashtirildi, deb xabar berdi UMI matbuot xizmati.
Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining (EOII) kengayishi sobiq SSSR davlatlari hisobidan amalga oshishi mumkin, biroq Rossiya hech kimni ittifoqqa majburan tortmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Pankin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qilgan.
«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan «101-reys» filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
Germaniyaning Yaqin Sharqdagi siyosatidan norozi bo‘lgan Saudiya Arabistoni nemis firmalariga buyurtmalar berishni to‘xtatmoqda.
Aroq ichishga odatlangan kishiga: "Allohga tavba qilmaysanmi?" dedim. U menga siniq nigoh bilan boqdi va ko‘zidan yosh tomchilab dedi: "Haqqimga duo qiling!".
Chelyabinsk viloyati delegasiyasi may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi natijalari haqida viloyat gubernatori Boris Dubrovskiy Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda so‘zlab bergan. Bu haqda «Sputnik» yozmoqda.
Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro epizootik byuro) assambleyasining 86-Bosh sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegasiyasi byuro bosh direktori M.Elua bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Germaniyada har yili milliardlab kilogramm oziq-ovqat chiqindiga tashlab yuborilyapti. «Germania.one» xabar berishicha, oziq-ovqat isrofgarchiligiga jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida Germaniyadagi ayrim restoran va kafelar ovqatini oxirigacha yemagan mijozlar uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etishdi.
Kecha, 25 may kuni Irlandiyada abortni qonuniylashtirish masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Natijalar bugun e’lon qilinadi.
Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiysi Gernot Ror futbolchilarga jahon chempionati vaqtida rus qizlari bilan ishqiy munosabatga kirishishni taqiqladi. Bu haqda “Complete Sports Nigeria” nashri xabar tarqatdi.
Italiya shimolidagi Rapallo shahrida joylashgan Islom markaziga hujum uyushtirildi. Bu haqda Italiyaning «ANSA» axborot agentligi ma’lumotlariga tayanib, «Anado‘lu» xabar bermoqda.
Jangovar harakatlarning faollashuvi, yordam yetkazishning mushkulligi, shuningdek, oziq-ovqat va yoqilg‘i taqchilligi Yamanda gumanitar vaziyatning keskin yomonlashuviga olib keldi. Bu haqda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Favqulodda yordam koordinatori Mark Lokok ma’lum qildi.
Makkadagi Haram masjidiga imkoniyati cheklangan va keksa yoshdagi odamlarning haj va umra amallarini yengil hamda qulay bajara olishlari uchun 8700 dona elektron aravalar olib kelinadi. Bu haqda Islam.ru xabariga tayanib Azon.uz ma’lum qilmoqda.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tegishli lisenziya olmasdan turib «Yandeks.Taksi» foydalanuvchilarini tashish bilan shug‘ullangan 26 nafar haydovchini aniqladi, deb yozadi UzNews'ga tayanib Daryo.
Notariat tizimini nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.