Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda SHHT sammiti oldidan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi

A A A
Toshkentda SHHT sammiti oldidan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 29 may kuni Toshkentda Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti taqdimotining loyihasi tanishtiriladi.

Ishtirokchilar tashkilot doirasidagi hamkorlik masalalari, SHHTga a’zo davlatlar Kengashi yig‘ilishidan kutiladigan natijalarni muhokama qilishadi.

Shuningdek, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim hamda 2017 yilda SHHTning to‘la huquqli a’zolariga aylangan Hindiston va Pokiston elchilarining chiqish qilishlari rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, SHHTga a’zo davlatlar sammiti iyun oyi boshida Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Sindao deklarasiyasi va boshqa qator muhim hujjatlar qabul qilinadi. Avvalroq XXR raisi Si Szinpin Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti tashkilot rivojlanishi, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yangi kuch berishini qayd etgandi.

 

Kiritildi: 06:25 26.05.2018. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik