Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan turistlarning o‘rtacha xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tanlanma so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Shu yilning 19–23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
4 iyun kuni Samarqand shahar IIBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil avgust oyida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi R.S. Tayloq tumanida yashovchi O.X.ga tanishlari SH.B. va M.B.ni universitetiga kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kirib, undan 6.000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘lgan, deya xabar berdi "kun.uz".
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 3 iyun kuni ro‘y bergan YTHda ota-bola halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 5 iyun kuni Oq uyda Ramazon muqaddas oyi munosabati bilan iftorlik marosimi tashkil etmoqda. Bu haqda AQSh OAV davlat rahbari ma’muriyatidagi manbaga asosan xabar berdi, dedi "kun.uz".
Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan bemor bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jarrohlik yo‘li bilan davolash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
So‘nggi 50 yil ichida Markaziy Osiyo aholisi uch barobarga oshdi. Murakkab iqlim sharoitlarida suv resurslarining qisqarishi fonida mintaqa mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.
Saudiya Arabistoni Qirolligining Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazirligi haj ziyoratchilariga qulaylik taqdim etish maqsadida, 2018 yilgi haj mavsumida tajriba tariqasida Mino vodiysidagi xaymalarning bir qismini ikki qavatli krovatlar bilan jihozlamoqchi.
Singapurning mashhur kompaniyasi Indorama Sirdaryoda paxta klasteri tashkil etmoqchi. Bu haqda kompaniya vakili Dipak Reynaning Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan o‘tkazgan muloqotida ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”muxbiri Ahmadali Shernazarov.
"Mening Fikrim" portalida umumta’lim maktablari direktorlarini saylash taklif etilgan yangi murojaat paydo bo‘ldi, deya xabar berdi "kun.uz".
180 dan ortiq mahbus Nigeriyaning Minna shahridagi turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Abdulrahmon Danbazaga asoslanib, mahalliy «Daily Post» nashri xabar qilmoqda.
Sharifjon Ahmedovich Tursunov "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi, bu haqda jamiyatning rasmiy saytida ma’lumot berildi.
Amerikada harbiylarning sog‘ligini nazorat qilish uchun ularga chip o‘rnatilmoqda. Endilikda generallar o‘z askarlariga nima bo‘layotganini bilishi, jarrohlar esa jarohat olingan vaqtda o‘zini qanday qilib tutish lozimligi haqida maslahat berishi mumkin, deb xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».
Tanzaniyada Mariya va Konsolata Mvakikuti ismli Siam egizaklari vafot etdi, deb xabar beradi «Nur.kz».
Belaruslik erkak paraplanda uchayotib, halokatga uchradi va yerga qulashda yelkasidan jiddiy jarohatlandi, deb yozadi «Daryo».
O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegasiya Bryusselga jo‘nab ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi, deyiladi “Xalq so‘zi” xabarida.
AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo masalalari bo‘yicha Pekinda bo‘lib o‘tgan navbatdagi ikki tomonlama muhokamalarda bandlikni oshirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘tarishga alohida urg‘u berildi. Bu haqida AQShning XXRdagi elchixonasi saytida ma’lumot berildi.
Voqea Xitoy shimolida joylashgan Xanchjun shahrida sodir bo‘ldi. Erini haddan tashqari rashk qiladigan ayol katta ko‘chada «kundoshi»ni eri bilan birga ko‘rib qoldi-yu, g‘azabini jilovlay olmadi.
O‘zbekiston yil oxiriga qadar qiymati bir yarim milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilmoqchi. Bu haqida “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi bosh direktori Sulton Nazarov "Xalq so‘zi"ga ma’lum qildi.
Bo‘stonliq tumanidagi Sijjak qishlog‘i, Chorbog‘ qo‘rg‘onida joylashgan «Piramida»da «Yamaxa» skuteridan suvga tushib ketgan fuqaro, suvdan qaytib chiqmadi. Bu haqda «UzNews» xabarbermoqda.
Namanganliklarning o‘ziga xos an’anasi — “Gullar bayrami” bu yil ellik sakkizinchi bor nishonlandi. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan gul ko‘rgazmalari, rang-barang madaniy va ma’rifiy dasturlar bir hafta davomida viloyat ahli hamda mehmonlarga zavqli damlarni ulashdi.
Farg‘onalik shaxs 420 tonna ko‘mirning pulini o‘zlashtirib yuborganligi uchun qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 200 dan ziyod xodimlarga podpolkovnik, yana 60 nafariga leytenant unvonlari berildi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i buyrug‘i bilan 70 dan oshiq xodimlar navbatdagi mayor, kapitan va katta leytenant unvonlariga ega bo‘ldilar.
“Urganch” xalqaro aeroporti 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominasiyasida g‘alabani qo‘lga kiritib, “MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Butunjahon shaxmat federasiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini ma’lum qildi. Bu haqda "Sputnik" O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Toshkent metropolitenida 1 iyundan foto va video tasvirga olishga rasman ruxsat berildi. Stansiyalar va metro vagonlariga joylashtirilgan Metropolitendan foydalanish qoidalariga bu haqdagi o‘zgartish kiritildi.
Novolipesk metallurgiya kombinati guruhi direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin Rossiyadagi eng boy milliarderga aylandi. Bundan Bloomberg Billionaires Index har kuni yangilanuvchi reytingi darak bermoqda.
Qozog‘iston parlamentining Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi, Nursulton Nazarbayevning qizi Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan Silk viza vizasi tartibini o‘rnatishni taklif qildi.
Toshkentda 2 iyun kuni Uchtepa tumani hokimiyati chorrahasida «Jiguli» avtomobili va motosikl ishtirokida mudxish YTH sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashina qizil chiroqda to‘xtamagan va ikki kishi bo‘lgan motosiklga to‘qnash kelgan. Bunda motosikl 40km/s tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
O‘zbekistonda ichki bozorda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarning narxlarini ko‘tarish rejalashtirilmayapti.