"Zo‘r TV" telekanali keyingi mavsumdan e’tiboran Yevropa Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasi uchrashuvlarini rasman translyasiya qiladi. Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev xabar berdi.
Endilikda yurtimiz futbol muxlislari ko‘hna qit’aning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi musobaqalarini aynan mazkur telekanal orqali kuzatib borishlari mumkin.
Bundan tashqari, telekanal rahbariyati Yevropaning TOP chempionatlarini ham namoyish etish ustida ish olib bormoqda. Ayni vaqtda ushbu milliy birinchiliklar translyasiya huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda – agar kelishuvlar muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi mavsumda tomoshabinlarni yanada katta futbol bayrami kutadi.