Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

«Zombi-tanker» Gibraltar bo‘g‘ozida xavf uyg‘otmoqda

«Zombi-tanker» Gibraltar bo‘g‘ozida xavf uyg‘otmoqda

Rossiyadan chiqqan Chariot Tide neft tankeri bir haftadan beri boshqaruvsiz holda Gibraltar bo‘g‘ozi kirish qismida dreyf qilmoqda. Kema dvigateli ishdan chiqqan, bortda besh nafar rossiyalik bor.

Tanker avval Marokash hududiy suvlarida to‘xtagan, ammo bo‘ron sabab ochiq dengizga surilib ketgan. 425 ming barrel neft sig‘imi tufayli ekologik halokat xavfi yuzaga kelgan.

Ispaniya tankerni buksir yordamida Kosta-del-Sol yaqiniga olib keldi. Hududda Ispaniya, Britaniya va Marokash harbiy kemalari navbatchilik qilmoqda. Kemani Taңjer portiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Chariot Tide Mozambik bayrog‘i ostida suzadi, Ust-Lugadan chiqqan va G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaning «soya flot»i bilan bog‘liq, sanksiya ostidagi kema sifatida qaralmoqda.

Kiritildi: 21:43 28.01.2026. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!