Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Zo'r TV" telekanali hududida noma’lum shaxslar portlovchi modda o‘rnatayotgani haqida xabar tarqaldi

"Zo'r TV" telekanali hududida noma’lum shaxslar portlovchi modda o‘rnatayotgani haqida xabar tarqaldi

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod tumanidagi “Zo'r TV” telekanali joylashgan hududda 2 nafar noma’lum shaxs portlovchi modda o‘rnatayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib bordi. Hudud o‘rganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa moddalar aniqlanmadi, xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, xavotirga asos yo‘q. Hozirda “Zo‘r TV” telekanali o‘z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:11 06.07.2022. O'qildi: 5324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!