Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ziroat Mirziyoyevaga berilgan JSST mukofoti qanday e’tirof?

Ziroat Mirziyoyevaga berilgan JSST mukofoti qanday e’tirof?


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan WHO Director-General’s Award 2026 JSST Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti hisoblanadi.

Mukofot 2019 yilda ta’sis etilgan. U har yili cheklangan sondagi shaxslarga beriladi, laureatlarni esa shaxsan JSST Bosh direktori tanlaydi.

Ushbu e’tirof global sog‘liqni saqlash sohasida alohida yetakchilik ko‘rsatib, aholi salomatligini muhofaza qilishda aniq natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. Avvalgi laureatlar orasida Barbados Bosh vaziri Mia Mottli, Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, taniqli olim Piter Piot, Garvard professori Pol Farmer kabi dunyoga mashhur shaxslar bor.

Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi bo‘yicha tibbiy yordam tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi, shuningdek, har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surish borasidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus Birinchi xonimni butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lidagi “chinakam kurashchi”, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisi deb ta’rifladi.

Kiritildi: 21:26 22.10.2026. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik