Zimbabveda yangi vabo epidemiyasi boshlandi, 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va bolalar salomatligi vaziri Duglas Mombeshora ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vabo epidemiyasining episentri Manikalend provinsiyasi hisoblanadi. Shu tariqa, oxirgi 30 kun ichida viloyatda 152 ta tasdiqlangan vabo holati aniqlanib, 12 kishi vafot etgan.
Mombeshora hukumat epidemiyaning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rganini ta’kidladi.