Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Zidan Fransiya terma jamoasining yangi murabbiyi - Fabrisio Romano

Zidan Fransiya terma jamoasining yangi murabbiyi - Fabrisio Romano

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanish arafasida turibdi. Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Romanoning ta’kidlashicha, Zidan o‘z murabbiylar shtabini allaqachon aniqlab olgan. Hujjatlar joriy oyda imzolanadi. Zidan va Fransiya futbol federasiyasi o‘rtasidagi kelishuv 2030 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallanadi.

Didye Desham uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatidagi so‘nggi o‘yin yaqinlashmoqda. Jamoa 2026 yilgi mundialda 3-o‘rin uchun kechadigan bahsda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 23:41 17.07.2026. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!