Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zidan APL klubi taklifini rad etdi

Zidan APL klubi taklifini rad etdi

"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ingliz klubini boshqarish imkoniyatiga rad javobini berdi.

Sababi fransuz mutaxassisi ayni paytda o‘zi boshqarishni istaydigan klublar ro‘yxatiga biror Anliya Premyer-ligasi klubini kiritmagan. Chunki u ingliz tilida gaplashishni bilmaydi. Uning short-listidan esa uning boshqaruvida rekord natijalarga erishilgan "Real Madrid", PSJ, "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari joy olgan.

Afsonaviy futbolchi so‘nggi oylarda Angliya klubiga borishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga bir vaqtning o‘zida "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirgandi.

Zidan Qatardagi Jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin edi. Biroq Didye Desham bilan shartnoma muddati uzaytirilgach bu amalga oshmadi. Uning uchun PSJ ajoyib talov bo‘lardi biroq Kristof Galtyening klubdagi kelajagi aniq. Uning Chempionlar Ligasida qayd etadigan natijasi qolish yoki almashtirilish borasida taqdirini hal qilishi mumkin. Zidan, shuningdek, 5 yil futbolchilik faoliyatini o‘tkazgan "Yuventus"da ham ishlashi mumkin. Ammo klubning ayni palladagi holati yaxshi emas.

Kiritildi: 23:00 31.01.2023. O'qildi: 2373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!