Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina delegasiyasiga Nyu-Yorkka safari chog‘ida hamrohlik qilgan xavfsizlik xodimi barda mushtlashdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 21 sentyabr kuni BMT idorasi yaqinida joylashgan The Campbell barida sodir bo‘lgan. Qo‘riqchi mast bo‘lgan, puli tugagan va bepul ichimlik talab qila boshlagan. Bundan tashqari, u barmen va bardagilardan “Ukrainaga shon-sharaf” deb baqirishni talab qilgan. Talab bajarilmagach, u mushtlashishni boshlagani aytilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, Zelenskiyning qo‘riqchisi mast va agressiv bo‘lgan. Oqibatda Ukraina delegasiyasi a’zosi jarohat olgan. Uning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berilmagan. Mushtlashuvning qolgan ishtirokchilari polisiya tomonidan qo‘lga olingan.