Viktor Orban bu haqda Ukraina prezidenti bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.
"Vladimir Zelenskiy o‘tmishda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yomon tajribaga ega bo‘lgan, bu uning fikricha, Ukraina uchun yaxshi bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, u mening pozisiyamni tushundi. Zelenskiy Ukrainaning maqsadlarini tushuntirdi va biz urushni to‘xtatish masalasini qanday davom ettirishimiz mumkinligini o‘ylab ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi Vengriya hukumati rahbari.