Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Yaqin Sharqqa maslahatchilar yubormoqchi

Zelenskiy Yaqin Sharqqa maslahatchilar yubormoqchi

Vlodimir Zelenskiy Yaqin Sharqqa Shahed dronlariga qarshi kurashishda yordam berish uchun maslahatchilar yuborilishini e’lon qildi.

Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy Ukraina Yaqin Sharqda joylashgan AQSh qo‘shinlarini Eron zarbalaridan himoya qilish bo‘yicha yordam masalasida “dastlabki signallar”ni olganini ma’lum qildi.

“Biz ekspertlar yuboramiz va ularni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani taqdim etamiz. Bu muloqotda ko‘plab masalalar muhokama qilinmoqda. Tafsilotlar haqida gapirishga erta. Kelasi hafta ekspertlar manzilga borgach, vaziyatni o‘rganadi va yordam beradi. Shundan so‘ng keyingi qadamlarni belgilaymiz. Uchrashuvlarning dastlabki natijalarini kutish kerak”, — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 13:24. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!