Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi

Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi urush bir necha oy ichida tugashi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, AQSh va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi oldingi uch tomonlama muzokaralar konstruktiv bo‘lgan.

«Zelenskiy muzokaralar konstruktiv davom etsa, mojaro bir necha oy ichida tugashi mumkinligini qo‘shimcha qildi», deb yozadi nashr.

Ukraina rahbari shuningdek, yangi muzokaralar bosqichini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, delegasiyalar 17 yoki 18 fevral kunlari Qo‘shma Shtatlarda uchrashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga roppa-rosa to‘rt yil to‘ladi.

Kiritildi: 20:35 11.02.2026. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!