Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zoligiga qarshi bo‘lgan davlatlarni nomladi.
Bu haqda Ukraina rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Vengriya, Germaniya, Slovakiya va AQSh Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi.
“Bu ma’lumotlar endi sir emas. Qayd etilgan to‘rtta davlat bizni NATOda ko‘rishni istamaydi”, — dedi Zelenskiy.