Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Ukraina rasmiylari Rossiya bilan aloqador diniy tashkilotlar faoliyatini taqiqlash niyatida ekanini aytdi

Zelenskiy Ukraina rasmiylari Rossiya bilan aloqador diniy tashkilotlar faoliyatini taqiqlash niyatida ekanini aytdi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday qonun bo‘yicha qaror Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishida qabul qilingan, unda «Ukrainadagi ayrim diniy doiralar va tajovuzkor davlat o‘rtasidagi aloqalarning ko‘plab faktlari» ko‘rib chiqilgan.

«Biz davlatimiz uchun mustaqillikning to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaymiz. Xususan, ma’naviy mustaqillikni ta’minlaymiz, - dedi prezident. - Biz hech qachon hech kimga Ukraina qalbida imperiya qurishiga yo‘l qo‘ymaymiz».

O‘z bayonotida Zelenskiy Ukraina pravoslav cherkovi (UOC) nizomining Moskva Patriarxiyasi bilan cherkov-kanonik aloqasi borligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish buyrug‘ini alohida eslatib o‘tdi.

O‘tgan haftalarda Ukraina Xavfsizlik xizmati ushbu cherkov foydalanayotgan ob’ektlarda ko‘plab tintuvlar o‘tkazdi.

Rossiya bilan urushdan oldin u UOC (MP) sifatida tanilgan edi, ammo may oyida bu cherkov kengash o‘tkazdi, shundan so‘ng u Moskva Patriarxiyasidan mustaqilligini e’lon qildi. Shu bilan birga, UOC haqiqatan ham Moskvadan mustaqil bo‘lganmi yoki yo‘qmi degan muhokamalar davom etmoqda.

Kiritildi: 15:25 02.12.2022. O'qildi: 1194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!