Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari haqida muhim bayonot berdi

A A A
Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari haqida muhim bayonot berdi

Ukraina Qurolli kuchlari AQSh yordamisiz o‘zini himoya qila olmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Odamlar tayyor bo‘ladi, lekin o‘q-dorilar tayyor bo‘lmaydi, brigadalar tayyor bo‘lmaydi... nafaqat bizning qarshi hujumimizga, balki ular mudofaaga, kuchli bo‘lishga tayyor bo‘lmaydi. Bu juda qiyin bo‘ladi", — dedi u.

Zelenskiy Ukrainaning jang maydonidagi pozisiyasi AQSh yordamiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

“Harakat, muvaffaqiyat, yuksalish – hammasi AQShga bog‘liq”, — deydi u.

Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, dekabr oyida ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ni tugatgan va Kongress yangi ajratmalarni tasdiqlamaguncha, ular qurol va o‘q-dorilar bilan ta’minlay olmaydi.

Kiritildi: 14:03 27.02.2024. O'qildi: 2708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!