Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tarkibini yangiladi

Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tarkibini yangiladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tarkibini yangiladi.

Bu haqda "RBK-Ukraina" nashri tegishli farmonga tayanib xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, MXMK tarkibiga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va energetika vaziri Denis Shmigal va Mudofaa vaziri Mixaylo Fyodorov kiradi.

Shu bilan birga, xuddi shu farmon bilan Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) sobiq rahbari Vasiliy Malyuk MXMKdan olib tashlanadi.

Yil boshida Vladimir Zelenskiy mamlakat yuqori rahbariyatida keng ko‘lamli kadrlar o‘zgarishlarini boshladi. Kirilo Budanov Prezident devoni rahbari etib, ilgari Tashqi razvedka xizmatini boshqargan Oleg Ivashchenko esa Bosh razvedka boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

Hukumat ichida ham rotasiyalar bo‘ldi. Mixaylo Fyodorov mudofaa vaziri etib, Denis Shmigal esa Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va Energetika vazirligi rahbari etib tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 07:41. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!