Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Ukraina Davlat chegara xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Zelenskiy Ukraina Davlat chegara xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Ukraina Davlat chegara xizmati raisi Sergey Deyneko o‘z lavozimidan ozod etildi.

Tegishli farmon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning saytida e’lon qilingan.

"Sergey Vasilovich Deyneko Ukraina Davlat chegara xizmati raisi lavozimidan ozod etilsin", — deyiladi farmonda.

Zelenskiy yana bir farmon bilan Davlat chegara xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Valeriy Vavrinyukni Davlat chegara xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko Deyneko o‘zining maslahatchisi bo‘lishi va bir vaqtning o‘zida Davlat chegara xizmati jangovar bo‘linmasi qo‘mondoni etib tayinlanishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 11:00 05.01.2026. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!