Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev barcha muammolarni faqat diplomatiya yo‘li bilan hal qilmoqchi ekanini aytdi.
Uning qayd etishicha, bu Ukrainaga katta urush tahdidi va harbiy bosqin sanasi belgilanishi birinchi marta emas. Uning fikricha, bu «bugungi kunda davlat har qachongidan ham kuchli» ekanligidan dalolat beradi. Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat o‘z qurolli kuchlariga ishonadi, armiyaning asosi esa «o‘z xalqining ishonchi va kuchli iqtisodiyot»dir.
Shu bilan birga, Zelenskiy Kiyev tinchlik tarafdori va barcha muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchi ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Donbass va Qrimning Ukrainaga qaytishini bildirdi. «Biz birovning mulkiga tajovuz qilmaymiz, lekin o‘z mulkimizdan ham voz kechmaymiz», dedi u.