Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Uittkoff va Ryutte bilan telefon orqali suhbatlashdi

Zelenskiy Uittkoff va Ryutte bilan telefon orqali suhbatlashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh Prezidentining elchisi Stiv Uitkoff va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Men Prezident (AQSh) Donald Trampning vakillari Stiven Uitkoff va Jared Kushner bilan yaxshi suhbatlashdim. Senator Lindsi Grem va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ham aloqada bo‘lishdi. Ukraina Amerikaning munosib tinchlik o‘rnatishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarini qadrlaydi", deb ta’kidladi u.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelgusi kunlarda Ukraina va AQSh o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatni ilgari surish uchun aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar. "Aynan shu narsa urushga abadiy chek qo‘yish uchun yo‘l ochishi mumkin", deb ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!