Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
"Men Prezident Trampni va barcha amerikaliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladim. Juda yaxshi telefon orqali suhbat bo‘ldi", deb yozgan u.
Zelenskiy Vashingtonga Javelin va Patriot raketalaridan tortib, siyosiy qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha yordami uchun minnatdorchilik bildirdi: "Biz Amerikaning mustaqilligimizni himoya qilishdagi qo‘llab-quvvatlashini juda qadrlaymiz. Men Ukraina kelajagi haqida qayg‘uradigan barcha amerikaliklarga minnatdorman..."
Shuningdek, u Tramp bilan front chizig‘idagi hozirgi vaziyat va Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha diplomatik jarayonni muhokama qilganini aytdi.
"Bu urushni tugatishning haqiqiy istiqboli bor va Amerikaning qat’iyati hal qiluvchi bo‘ladi. Biz suhbatni Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti davomida shaxsan davom ettirishga kelishib oldik", deb ta’kidladi Ukraina rahbari.