Evropa xalq partiyasi – Yevroparlamentdagi eng yirik partiya – Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina xalqini Yevropa Ittifoqining inson huquqlari bo‘yicha asosiy mukofoti – Saxarov mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.
"Prezident Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukrainaning jasur xalqi bu yil fikr erkinligi uchun Saxarov mukofotini olishga loyiq ekaniga shubha qilmaymiz. Ular har kuni jang maydonida Yevropa qadriyatlarini himoya qilishda davom etadilar. Umid qilamanki, bizning nomzodimiz Yevroparlamentdagi barcha siyosiy guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, dedi Yevroparlament deputati Rasa Juknevisiyene.
Fikr erkinligi uchun Saxarov mukofoti 1988 yilda Yevropa parlamenti tomonidan ta’sis etilgan. Mukofot "butun dunyo bo‘ylab fikr erkinligi, inson huquqlari uchun kurashga alohida hissa qo‘shgan" shaxslarga beriladi.
O‘tgan yili Saxarov mukofoti rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga berilgan edi.