Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Putinning taklifiga ijobiy javob berdi, biroq...

Zelenskiy Putinning taklifiga ijobiy javob berdi, biroq...

Ukraina Rossiyadan 12 maydan boshlab “to‘liq, uzoq muddatli va ishonchli” o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini kutmoqda. Shunda Kiyev Moskva bilan muzokaralar uchun uchrashishga tayyor, deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.

"Ruslar nihoyat urushni tugatish haqida o‘ylayotgani yaxshi belgidir. Dunyodagi hamma buni uzoq vaqtdan beri kutmoqda. Va har qanday urushni haqiqatdan ham tugatishning birinchi qadami - bu o‘t ochishni to‘xtatishdir ", dedi u.

Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyani 30 kunlik otashkesimga chaqirmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga yangi, “haqiqiy sulh” bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatini inkor etmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralariga qaytishni taklif qildi.

15 may kuni Istanbulda muzokaralar “tarixiy istiqbolda uzoq muddatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish” maqsadida “oldindan hech qanday shartlarsiz” davom ettirilishi mumkin”, dedi Putin.

Kiritildi: 14:23 11.05.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!