Zelenskiyning aytishicha, Putin urushni tugatishdan «manfaatdor emas».
Putinning «Oreshnik» raketalarini ishlatish va Kiyevdagi «qaror qabul qilish» markazlariga zarba berish tahdidiga javoban Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari «bu urushni tugatishdan manfaatdor emasligini», aytdi.
«Bundan tashqari, Putin boshqalarning bu urushni tugatishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda,» dedi Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida. «Uning "Oreshnik" bilan hozirgi qilich o‘ynatishi faqatgina (AQSh Prezidentligiga saylangan Donald) Trampning lavozimga kirishidan so‘ng amalga oshiradigan sa’y-harakatlariga xalaqit berishga qaratilgan.»
Tramp Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini 24 soat ichida tugatishi mumkinligini va 20 yanvar kuni inaugurasiya marosimidan so‘ng urushni tugatish bo‘yicha keng ko‘lamli muzokaralar bo‘lishi mumkinligini da’vo qilgan.
«Putin prezident Tramp urushni yakunlay olmasligi uchun vaziyatni hozir keskinlashtirmoqchi», dedi Zelenskiy. «Putin bu urushning yagona aybdori va urushga ishonuvchi yagona shaxsdir. Shuning uchun ham Putinning hozirgi keskinlashuvi, pirovardida AQSh prezidentini Rossiyaning shartlarini qabul qilishga majburlashga qaratilgan bosim shaklidan boshqa narsa emas. Biz barcha mavjud xavf-xatarlardan xabardormiz».