AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy Rossiyaning 24 fevralda maxsus operasiya o‘tkazishi haqidagi ogohlantirishlariga e’tibor bermaganini aytdi, deb yozadi Bloomberg.
Qo‘shma Shtatlar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik u Ukrainada yaqin orada harbiy harakatlar boshlanishi haqida gapirganda, bo‘rttirib gapiryapti deb o‘ylagan. “Hech qanday shubha yo‘q edi. Zelenskiy esa ko‘pchilik kabi buni eshitishni istamadi ”, dedi Bayden.