Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyor

A A A
Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyor

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Diplomatning qayd etishicha, Ukraina prezidenti ham «istalgan vaqtda prezident Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyor», biroq Moskva Kiyevning taklifini qabul qilmayapti.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putindan 2022 yil qishiga rejalashtirilgan Pekin Olimpiadasi vaqtida Ukrainaga bostirib kirmaslikni so‘rashi mumkinligi xabar qilingandi.

Pekinlik diplomatga ko‘ra, Xitoy rahbari uchinchi muddatga saylanishidan oldin vatandagi obro‘sini mustahkamlashga intilmoqda va Yevropadagi inqiroz unga kerak bo‘lgan oxirgi narsa.

Kiritildi: 18:14 22.01.2022. O'qildi: 4721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik