Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Ozarbayjon TIV rahbarini qabul qildi

Zelenskiy Ozarbayjon TIV rahbarini qabul qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramovni qabul qilgan.

Bayramov Rossiya Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga tashrif buyurdi. U o‘z safarini Irpen shahridan boshladi, u yerda Ozarbayjon yordam ko‘rsatayotgan maktab, kasalxona va reabilitasiya markaziga tashrif buyurdi.

Ukraina yetakchisi Ozarbayjon va shaxsan Prezident Ilhom Aliyevga Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani, energetika va gumanitar yordam ko‘rsatgani hamda konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

"Mamlakatimiz va xalqimiz uchun og‘ir kunlarda kelib, bizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini topganingiz uchun juda minnatdormiz," - dedi Vladimir Zelenskiy.

Prezident Rossiyaning Ukrainaga doimiy zarbalari, Qora dengizdagi vaziyat va Rossiyaning don yo‘laklarini to‘sib qo‘yishi dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgani haqida ma’lumot berdi.

Kiritildi: 13:12 07.08.2026. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!