Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy koronavirusga qarshi emlandi. Nega u boshqa vaksinani tanladi?

Zelenskiy koronavirusga qarshi emlandi. Nega u boshqa vaksinani tanladi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda u Twitter’da ma’lum qildi, deb yozmoqda «RBK».

Zelenskiyni emlash uchun Hindistondagi zavodda AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan Covishield vaksinasidan foydalanildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u vaksinani «askarlar bilan old qatorda turadigan bosh qo‘mondon singari birinchilardan bo‘lib» qabul qildi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning noyabr oyida Vladimir Zelenskiyda koronavirus aniqlangan. Zelenskiyning o‘zi ham Facebook’dagi sahifasida COVID-19’ga testi ijobiy chiqqanini tasdiqlagan. O‘shanda prezident o‘zini yaxshi his qilayotganini va ishlashda davom etib, kasallikni yengib o‘tishiga ishonishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 19:45 02.03.2021. O'qildi: 2625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!