Marosim Yevroparlamentda Ukraina prezidenti ishtirokisiz bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda DW'ning Strasburgdagi muxbiri.
Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel va Polsha sobiq prezidenti, "Solidarnost" harakati yetakchisi Lex Valensa mukofotni Yevroparlament spikeri Roberta Metsoladan qabul qilib oldi. Zaldagilar ularni tik turib, davomli qarsaklar bilan olqishladi. 20 nafar laureat orasida ukrainalik huquq himoyachisi, Fuqarolik erkinliklari markazi rahbari Aleksandra Matviychuk ham bor.
"Men Ukrainadanman. Uch asr davomida biz Rossiya imperiyasi soyasida qoldik. Men bu yerga: Yevropa, biz qaytdik deb aytish uchun keldim", – dedi u o‘z nutqida.
Matviychukning so‘zlariga ko‘ra, Putin keng ko‘lamli urushni shunchaki Ukraina zaminining yana bir qismini bosib olish uchun boshlamagan — uning mantiqi tarixiy omillarga tayanadi, chunki u Ukrainani Yevropaga o‘tish ko‘prigi deb biladi.
Ushbu yangi mukofot bilan Yevropa birligi, demokratiya va yevropa qadriyatlarini himoya qilishga ulkan hissa qo‘shgan insonlar taqdirlanadi, deyiladi xabarda.