Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy elektr energiyasi importini oshirishni istamoqda

Zelenskiy elektr energiyasi importini oshirishni istamoqda

Kiyevda deyarli to‘liq blekaut kuzatilgan bir paytda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatdan bir kun ichida mumkin bo‘lgan yechimlarni taklif qilishni talab qildi.
«Eng avvalo, elektr energiyasi importini oshirish va zaxira ta’minotining barcha imkoniyatlari bo‘yicha», — dedi davlat rahbari o‘zining kechki videomurojaatida.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u mudofaa vaziri Mixail Fyodorov va Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Anatoliy Krivonojko bilan energetika ob’ektlarini Rossiya zarbalaridan himoya qilish masalasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.
«Bugun yana Xarkovga, muhim infratuzilma ob’ektlariga kuchli raketa zarbalari berildi. Bugun ertalab va kechqurun dronlar Kiyev tomon uchdi», — dedi Zelenskiy.

Rossiya bilan chegaradosh hududlarda, shuningdek Dnepropetrovsk va Odessa viloyatlarida ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Zelenskiy havo mudofaasi tizimini kuchaytirish maqsadida ittifoqchilar bilan yangi muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

📌 O‘tgan yil kuzidan beri Rossiya armiyasi Ukraina energetika ob’ektlariga hujumlarni kuchaytirgan. «Ukrenergo» ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina tanqislikni qoplash uchun qo‘shni Yevropa Ittifoqi davlatlari — Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyadan 2450 megavattgacha elektr energiyasini import qilish imkoniyatiga ega.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!