Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Donald Tramp bilan suhbatlashganini ma’lum qildi

Zelenskiy Donald Tramp bilan suhbatlashganini ma’lum qildi

Ukraina prezidentining bildirishicha, AQSh yetakchisi bilan telefon suhbati chog‘ida 26 fevral kuni Jenevada Vashington va Kiyev delegasiyalari o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv, shuningdek, mart oyining boshida uch tomonlama formatdagi muzokaralarga tayyorgarlik masalasi muhokama qilingan.

"Umid qilamizki, navbatdagi uchrashuv yetakchilar darajasidagi muzokaralarga o‘tish imkonini beradi. Prezident Tramp bunday qadamlar ketma-ketligini qo‘llab-quvvatlaydi", — deya qo‘shimcha qildi Volodimir Zelenskiy.

“TASS” axborot agentligining manbasi ham Rossiya, Ukraina va AQSh delegasiyalarining uchrashuvi mart oyining boshiga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, muzokaralarning o‘tkaziladigan joyi va vaqti muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!